
Qirg‘iziston termasi ustozi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan: Ojiz nuqtasi bo‘lmagan jamoa yo‘q
"Biz raqib qay darajada ekanligini yaxshi bilamiz. Biz bo‘lajak o‘yinga tayyorlana oldik. Ertaga har ikkala jamoa uchun qiyin o‘yin bo‘ladi. Xitoy va Janubiy Koreya boshqa-boshqa jamoalar, shunday ekan tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi aniq.
Son Xyon Min? Albatta, bunday saviyadagi futbolchilarning tarkibda bo‘lishi raqibga muammolar tug‘diradi. Ammo raqib jamoa safida uning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar ham talaygina. Aynan jamoaviy o‘yin ularda yaxshi shakllangan. Son Xyon Minning tarkibda yo‘q ekanidan afsusdaman. Biz bunday turnirda eng kuchlilarga qarshi o‘ynashni istaymiz. Chunki kuchlilarga qarshi o‘yindagina o‘sish mumkin bo‘ladi.
Ilk o‘yinda darvozabonning xatosi bevosita natijaga ta’sir etdi. Har qanday darvozabon ham xato qiladi, xattoki EChL finalida ham buni ko‘rdik.
Biz Janubiy Koreyaning Filippinga qarshi uchrashuvini tahlil qilib chiqdik. Filippin koreyaliklarni himoyaviy futbol ko‘rsatishga majbur qila olmadi. Biz esa boshqacha o‘yin ko‘rsatmoqchimiz. Umuman, ojiz nuqtasi bo‘lmagan jamoaning o‘zi yo‘q", - dedi Krestinin.
Fikrlar