“Qirollik klubi“ Mourinoga muhtoj emas (E.G‘aybullaev blogi)

  • 27 dekabr, 2018, 10:41
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Hech qachon ortga qaytma, degan matal bor. Ammo Joze Mourinoning «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yana «Real» boshqaruviga qaytishi ehtimoli bor.

Tecno

Ispaniyada uch mavsum o‘tkazib, 2013-yilda «Santyago Bernabeu»ni tark etganidan keyin klub xo‘jayini Florentino Peres portugaliyalik murabbiyni ikkinchi marta klubga qaytarishga urinib ko‘rdi.

2015-yilda Karlo Anchelotti iste’foga chiqarilganida ham, 2016-yilda Rafa Benites klubdan ketganida ham, shu yil mayida Zidan ketganida ham Peres Mourinoni ortga qaytarishni o‘ylab ko‘rdi.

Standard Sport nashrining shu oy boshida xabar qilishicha, portugaliyalik mutaxassis «Real»ning qiziqish doirasiga tushib qolgan.

Xulen Lopetegi oktyabrda iste’foga chiqarilganida Peres o‘z e’tiborini Antonio Kontega qaratdi. Qurilish magnati har bir detallarga e’tibor qiladigan va futbolchilarni qattiq intizom ustida ushlab turadigan avtoritar murabbiylarni yoqtiradi. Italiyalik murabbiy shulardan biri bo‘lsa, Mourino boshqasi hisoblanadi.

Shunga qaramay, yaqin tarix bizga boshqacha manzarani ko‘rsatadi. Klubning so‘nggi olti EChL bosh sovrini Visente del Boske (2 marta), Karlo Anchelotti (1) va Zidan (3) kabi ancha mo‘tadil, qattiqqo‘l bo‘lmagan murabbiylar tomonidan yutib olingan.

«Hurmat qozoniladi, mujburlab olinmaydi» – degandi Ramos Kontening iste’fosidan keyin bergan intervyusida. «Bu erda g‘alaba qozongan murabbiylarning turini bilasiz. Taktik bilimlaridan ko‘ra, kiyinish xonasini boshqarish muhimroq hisoblanadi.»

Ramos Mourino bilan uch mavsum birga ishladi. Portugaliyalik murabbiy qo‘li ostida o‘ng qanot himoyachisidan markaziy himoyachiga aylantirildi.

Ammo ikkovlon hamkorlikni ijobiy kayfiyatda yakunlashmadi. U va darvozabon Iker Kasilyas Peresga «yo biz ketamiz, yoki u» deya ultimatum qo‘ygandi.

Mourino o‘sha yozda klubni tark etgandi. Ammo Peres uning ketishini istamadi. Kiyinish xonasidagi vaziyat esa «portlash» darajasiga keltirildi. «O‘zgacha» murabbiy Kasilyas, Ramos, va hatto vatandoshlari Pepe va Krishtianu Ronaldu bilan ziddiyatlarga bordi. O‘zgarishlar qilish vaqti kelgani hammaga yaqqol sezildi.

Ramos va Mourinoning «aytishuvlari» keyin ham davom ettirildi. O‘tgan yili «Manchester Yunayted» va «Real»ning UEFA Superkubogi doirasidagi to‘qnashuvidan oldin Mourino Ramos u kelmasidan avval EChLning chorak finalida umuman o‘ynamaganini eslatib o‘tdi.

«Uning aytganlari to‘g‘ri. U kelmasidan oldin bir necha mavsum biz nimchorak finaldan o‘ta olmadik. Ammo hozirda uchta EChL sovrinim bor. O‘ylashimcha u bunga erisha olmaydi. Aksincha.» – degan ispaniyalik himoyachi bergan intervyusida.

Mourino bilan janjallashib qolgan boshqa futbolchilar ortiq «Real»da emas. Ammo «Chelsi»dagi sobiq shogirdi Tibo Kurtua Madridga ko‘chib o‘tgan. Ular ikkalasi orasida ham muammolar bo‘lgandi.

El Pais ning xabar qilishicha, Kurtua «Real»dagi jamoadoshlariga Konte va Mourino qo‘li ostida qiyin davrni boshidan kechirganidan keyin boshqa har qanday murabbiy qo‘li ostida o‘ynab keta olishini aytgan.

Peres «Arsenal» sobiq murabbiyi Arsen Vengerga ortiq qiziqmay qo‘ydi. Boisi unga cho‘qqidan tushayotgan murabbiy o‘rniga cho‘qqiga chiqayotgan murabbiy zarur. Mourino esa bu bilan ikkinchi kategoriyaga tushib qoladi. U 2010-yilda «Inter» bilan treblga erishgan murabbiyga o‘xshamaydi.

Lopetegining iste’fosidan keyin madridliklar yoshlar murabbiyi Santyago Solarini bosh murabbiy etib tayinladi. U bilan 2021-yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzolashdi.

Lopetegining shartnomasi muddati ham 2021-yilgacha amal qilardi. Bunday kelishuvlar ko‘p ham ahamiyatli emas. Agarda Solari mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo‘lsa, Peres Mourinoni ortga qaytarishi mumkin.

Mourinoning «Santyago Bernabeu»ga qaytishi MYu daligida imkonsiz edi. Shu yilning yanvarida «qizil iblislar» bilan yangi shartnoma imzolagan murabbiy ortiq «Old Trafford» faoliyat olib bormaydi. Shu tufayli kelasil yil yozida «Real»ga qaytishi imkoni bor. Bu Solari o‘zini uzoq muddatli murabbiy bo‘lishga layoqatli emasligini ko‘rsatgan taqdirdagina ro‘yobga chiqadi.

Ispaniyaga qaytish orqali 55 yoshli murabbiy kuchga va ta’siri keng Ramosga qarshi to‘qnashadi. Stadionning ba’zi sektoridagi muxlislar ham uning qaytishiga qarshi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
27/12/2018 13:29
Буни Перес хал килади. Лекин уцинчилар карши чикиши аник