“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvini Hasan Ro‘ziev boshqaradi

  • 24 may, 2017, 08:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 12-turda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 26 may kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan  “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvini Hasan Ro‘ziev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi.

Qo‘qonliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘tgan yili Qo‘qonda o‘tkazilgan ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs ham Hasan Ro‘ziev hakamligida o‘tgan. Yana bir ma’lumot bundan bir oy oldin G‘uzorda o‘tkazilgan “Sho‘rtan”ga qarshi kechgan uchrashuvni aynan Hasan Ro‘ziev boshqargan.

Umuman olganda, ushbu hakam shu kunga qadar “Qo‘qon-1912” jamoasi ishtirokidagi beshta uchrashuvda ishlagan.

Oliy liga, 12-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Buxoro» (Buxoro)

Hakamlar: H. Ro‘ziev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), Sh. Nasibullaev (Namangan)

Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: B. Haydarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!