"Qo‘qon-1912" ikki futbolchisini ijaraga berdi

CHERY AUTO

Yozgi transferlar paytida "Qo‘qon-1912" jamoasidagi o‘zgarishlar davom etadi. “Qo‘qon-1912” klubining ikki nafar yosh futbolchilari – Islom Abdullaev va Ismoil Oxunjonovlar Pro-liga jamoalariga ijaraga berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno

O‘rinbosarlar tarkibining ishongan posbonlaridan biriga aylangan Islom Abdullaev keyingi faoliyatini ijara asosida Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasida davom ettiradi. Yosh darvozabon “Istiqlol”ning Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan yig‘iniga borib qo‘shildi.

Bundan tashqari, "Qo‘qon-1912" o‘rinbosarlari safidagi o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan Ismoil Oxunjonov mavsumning qolgan qismini O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligidagi – “Iftixor” jamoasida o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!