"RB Leyptsig" 20 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 23.12.2018 12:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning “RB Leyptsig” klubi “Zaltsburg” yarim himoyachisi Amadu Edara bilan shartnoma imzoladi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 20 yoshli malilik futbolchi leyptsigliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan va u 8-raqamda to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, “Leyptsig” va “Zaltsburg” klublarining homiysi bitta - Red Bull hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Edara joriy mavsum Avstriya chempionatida jami 21ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!