
Rafael Benites London klubini boshqaradi
“Nyukasl Yunayted” bosh murabbiyi Rafael Benites o‘z faoliyatini London klubida davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga “Vest Xem” qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Sky Sports.
Kecha “Vest Xem” 2017 yilning noyabridan buyon bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Devid Moyesni ishdan bo‘shatgani haqida xabar berilgandi. Yaqin 10 kun ichida “bolg‘achilar” yangi ustoz nomini ma’lum qiladi.
Ma’lumot uchun, “Nyukasl” 2017/18 yilgi mavsum Angliya chempionatini 10-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar