
Rafael Nadal "Rogers Cup" turniri g‘olibiga aylandi
Kanadaning Toronto shahri “Masters” turkumiga kiruvchi "Rogers Cup" turnirida g‘olib nomi aniqlandi.
Mazkur musobaqaning so‘nggi uchrashuvida ispaniyalik Rafael Nadal va gretsiyalik Stefanos Tsitsipas o‘zaro raqobatlashdi. O‘yinda Nadal raqibini 6:2, 7:6 hisobida taslim qildi.
Bu g‘alaba esa Rafaelga bosh sovrin bilan birgalikda 1,020,425 AQSh dollari hamda 1000 reyting ochkosini keltirdi.
Fikrlar