“Rash Milk” Andijon viloyat birinchiligi g‘olibi bo‘ldi

  • 22.11.2018 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Andijonda havaskor jamoalar o‘rtasidagi futbol bahslari o‘z yakuniga etdi.

Musobaqada jami 14 jamoa 2 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etib,  har birida 7tadan jamoa bahslarda qatnashdi. O‘z guruhida 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l olishdi. “A” guruhida 1-o‘rinni  Shahrixonning “Rash Milk” jamoasi egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Asaka tumani “GM Uzbekistan” jamoasiga nasib qildi.

“B” guruhida 1-o‘rinni “UzDongYangKo” jamoasi, 2-o‘rinni esa “UzTonXongKo” jamoasi qo‘lga kiritdi. 

Ushbu jamoalar o‘zaro uchrashuvlarda ishtirok etdilar. “RashMilk”- “UzTonXongKo” 4-1.  “UzDongYangKo”- “GM Uzbekiston” 4-0. Uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsda “UzTonXongKo “GM Uzbekiston” jamoasini 6-2 hisobida engdi.

“Sho‘rbuloq” futbol akademiyasi stadionida musobaqaning final uchrashuvi o‘tkazilib, unda Shahrixonning “RashMilk” jamoasi “UzDongYangKo”ni  4-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latovlar g‘olib va sovrindorni qutlab, kubok va esdalik sovg‘alari topshirdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!