
Rasman! David Vilya Inestaga jamoadosh bo‘ldi
Ispaniyalik mashhur hujumchi David Vilya rasman Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Endi Vilya 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab yapon klubida to‘p surishni boshlaydi.
Qayd etish lozimki, Vilya "Vissel Kobe"da o‘zining “Barselona” va Ispaniya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Andres Inesta bilan birga to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Vilyaning so‘nggi jamoasi AQShning "Nyu-York Siti" klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar