Rasman! Endi Marrey o‘zbekistonlik tennischilarga qarshi kortga chiqmaydi

Bu haqda tennischining o‘zi "Instagram" sahifasi orqali yozib qoldirdi.

"Men britan jamoasi, Glazgoda kechadigan o‘yinga tashrif buyurishni istagan va televizor orqali ko‘rishni reja qilgan muxlislardan uzr so‘rayman.

Balki bu meni vatanim sharafini Shotlandiyada himoya qilishning so‘nggi imkonidir. Men jamoadoshlarimga yordam bermoqchi edim. Bu qarorni qabul qilish juda og‘ir bo‘ldi", - deb yozdi Marrey o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va O‘zbekiston terma jamoalari Devis kubogining jahon guruhi pley-off bosqichi doirasida o‘zaro bahs olib boradi. Bahslar 16-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!