Rasman! MYu Lukaku bilan shartnoma imzoladi(foto)
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Everton” hujumchisi Romelu Lukakuni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Belgiyalik hujumchi “qizil iblislar” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Mazkur kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkinligini aytish joiz.
Mourino AQSh turnesiga Lukakuni jalb etmadi



Norasmiy xabarlarga ko‘ra, Lukaku uchun MYu “Everton”ga 75 mln funt(85 mln evroga yaqin) to‘lagan.
Lukaku "MYu" futbolchisi bo‘lganidan xursand
Ma’lumot uchun, Lukaku yakunlangan mavsumda “Everton” safida jami 39 o‘yinda maydonga tushdi va 26 bor gol kiritib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar