Rasman: Nikita Ribkin "Metallurg" bilan 1 yillik shartnoma imzoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘tgan mavsumni "Qo‘qon-1912"da o‘tkazgan darvozabon Nikita Ribkin Bekobodning "Metallurg" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, tomonlar 2018 yilning 31 dekabriga qadar davom etadigan kelishuvga imzo chekishdi. Ribkin "Metallurg" bilan shartnoma imzolashdan avval "Buxoro" ko‘rigida ham ishtirok etgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Nikita Ribkinning “Qo‘qon-1912” bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etganligi uchun jamoani erkin agent sifatida tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!