Rasman! Sanjar Tursunov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi (foto)

  • 4 avgust, 2018, 18:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

32 yoshli futbolchimiz Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi - K Liga-2  ishtirokchisi "Tedjon Sitizen" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Tursunov yangi jamoasi safida 9-raqamda to‘p tepadi. Qayd etish joiz, mazkur klub safida yana bir hamyurtimiz Shoxrux Gadoev ham to‘p suradi.

tursunov daej

Ma’lumot uchun, Sanjar Tursunov faoliyati davomida Rossiya ("Irtish", "Volga", "Alaniya", "Orenburg"), O‘zbekiston ("Lokomotiv"), Ukraina ("Vorskla") va Qatar ("Umm Salal", "Al-Haraytiyat") kabi mamlakatlar klublari sharafini himoya qilgan. 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 49 bellashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!