Rasman! Shinji Kagava "Borussiya D" bilan shartnomasini uzaytirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi o‘zining yaponiyalik yarim himoyachisi Shinji Kagava bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra 28 yoshli futbolchi dortmundliklar safida 2020 yilga qadar qoladigan bo‘ldi. Eslatib o‘tish lozimki, uning avvalgi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar amal qilar edi.

Ma’lumot uchun, Yaponiya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsum Bundesligada jami 21ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!