Rasman! Terri Anri "Monako" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi

  • 25.01.2019 09:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Terri Anri "Monako" klubi bosh murabbiyligidan ozod etildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jamoani vaqtincha Frank Passi shug‘ullantirib turadi.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli frantsiyalik mutaxassis jamoa boshqaruviga o‘tgan yilning 13 oktyabr kuni kelgan edi. O‘tgan davr mobaynida esa "Monako" uning qo‘l ostida 20ta o‘yin o‘tkazdi va shularning bor yo‘g‘i 4tasida g‘alaba qozondi, 5 marta durang qayd etdi va 11 marta mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, "Monako" Frantsiya chempionatining ortda qolgan 21ta tur yakunlariga ko‘ra 15 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
25/01/2019 09:41
Sky эксперти ва хакикий мураббийлик орасида катта фарк борлиги яна бир марта тасдикланди. Биринчи эксперимент Гарри Нэвилл эди