Rasman! Tite Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

Braziliya futbol konfederatsiyasi jamoa bosh murabbiyi Tite bilan kelishuvni uzaytirdi, deya xabar beradi CBF rasmiy sayti.

"Pentakampionlar" JCh-2018 chorak finalida Belgiya termasiga (1:2) mag‘lub bo‘lganiga qaramasdan 57 yoshli mutaxassisga yangi 4 yillik shartnoma taklif qilgan edi. Bu kelishuv Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 turniridan so‘ng yakuniga etadi.

U Braziliya terma jamoasi tarixida jahon chempionatida g‘olib chiqa olmagani uchun o‘z lavozimidan bo‘shatilmagan uchinchi murabbiyga aylandi.

Belgiyaga qarshi o‘yinda ilk marta Tite jamoasi ikkita to‘p o‘tkazib yubordiyu Umimiy hisobda uning qo‘l ostida jamoa 26 o‘yinda 20 g‘alaba, 4 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!