
Ravshan Haydarov tarkibga kirmagan Aziz G‘anievni ham Turkiyaga olib ketdi
Xabaringiz bor mamlakatimiz olimpiya terma jamoasi 2020 yili bo‘ladigan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun, 2019 yil mart oyida Osiyo saralash bosqichida ishtirok etadi.
Ravshan Haydaro boshchiligidagi terma jamoamiz 16-28 dekabr kunlari Toshkentda navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazdi.
Ushbu yig‘inga “Nasaf”ning to‘qqiz nafar futbolchisi taklif etildi. Umidjon Ergashev, Mashhurjon Muhammadjonov, Sherzod Nasrullaev, Dilshod Saitov, Sharof Muhitdinov, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboev, Bobir Abduxoliqov va Ilhom Alijonov shular jumlasidandir.
Olimpiya terma jamoamiz Turkiya yig‘iniga jo‘nab ketdi. Bu yig‘inda "Nasaf" futbolchilari soni yana bittaga ko‘paydi. Aniqrog‘i, Aziz G‘aniev Turkiyaga yo‘l olgan. E’tiborlisi, Aziz futbolchilar ro‘yxatida keltirilmagan.
Fikrlar