
“Real Madrid Foundation Clinic” murabbiylari Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurishdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan "Real Madrid" klubi akademiyasi va O‘FA o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan, ayni kunlarda Madridning “Real” jamoasi mutaxassislari Xaver Vara va Ektor Visentelar “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi bo‘yicha yurtimizda bo‘lib turishibdi.
Ular dastlab Surxondaryoning Termiz shahriga borib, o‘sha erdagi yosh futbolchilar va murabbiylarga mahorat darslari o‘tkazishdi. Shundan so‘ng “Real Madrid” murabbiylari Buxoro shahriga tashrif buyurdilar. Xaver Vara va Ektor Visentelar 18 noyabr kuniga qadar Buxoro shahrida “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi bo‘yicha hududiy futbol akademiya tarbiyalanuvchilariga mahorat darslarini o‘tkazishdi.
Kecha ispaniyalik mutaxassislar yo‘l xaritasi bo‘ylab Qoraqalpog‘iston Ruspublikasiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni ko‘tarinki ruhda kutib olinib, viloyatlardan tashrif buyurgan hududiy futbol akademiyalar murabbiylari uchun seminar o‘tkazildi. Shundan so‘ng 2005-yilda tug‘ilgan bolajonlar uchun mashg‘ulotlar boshlab yuborildi. Kunning ikkinchi yarmida esa respublikamizdan tashrif buyurgan futbolchilar, murabbiylar hamda Ispaniyalik mutaxassislar Nukusdagi san’at muzeyiga tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Ispaniyalik mutaxassislar Xaver Vara va Ektor Visentelar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mashg‘ulotlar yakuniga etgach, Andijon viloyati akademiyasida ham amaliy dars va mashg‘ulotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Mazkur mashg‘ulotlar 21-23 noyabr kunlari Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasida o‘tkaziladi.
Fikrlar