
"Real" dushanba kuni bosh murabbiy nomini e’lon qildi
Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiy lavozimiga kim tayinlanganligi haqida 11 noyabr kuni e’lon qilishi darkor.
30 oktyabr kunidan beri, Xulen Lopetegining iste’foga chiqganidan so‘ng jamoani vaqtinchalik Santyago Solari boshqarib kelmoqda.
Qoidalarga binoan, vaqtinchalik mutaxassis 15 kundan ziyot jamoani boshqarib borish imkoniyatiga ega emas. Shu davrdan so‘ng, jamoa bir qarorga kelishi darkor.
Aytib o‘tish joizki, madridliklar Solari boshchiligida 3 uchrashuvda maydonga tushib, hamma uchrashuvda g‘alaba qozongan.
As nashrining xabar berishicha, klub prezidenti Florentino Peres Solari borasida "Sevilya"ga qarshi bahs natijalaridan so‘ng bir qarorga keldi.
Fikrlar