
"Real" yangi haftada Azarning transferini e’lon qiladi
Madridning “Real” klubi kelayotgan yangi haftada o‘zining yozgi transferlar davridagi ilk super transferini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Xabarlarga qaraganda “qirollik klubi” transfer derazasi asta-sekin yopilish arafasiga kirayotgan bir pallada “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azarni o‘z safiga qo‘shib oladi. Aytish lozimki, 27 yoshli belgiyalik futbolchining o‘zi ham allaqachon "Santyago Bernabeu"ga ko‘chib o‘tishga rozilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Azar uchun yiliga 15 mln evro maosh va’da qilmoqda. Agar u Madridga ko‘chib o‘tsa, “qirollik klubi”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.
Fikrlar