"Real" yozda "Manchester Siti" etakchilaridan birini sotib olmoqchi

  • 20 yanvar, 2019, 13:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernarde Silvaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “qirollik klubi” 24 yoshli portugaliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Ta’kidlash kerakki, uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 65 mln evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Silvani qo‘yib yubormasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Bernardu Silva joriy mavsum “Siti” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!