
“Real”ning sobiq futbolchisi afsonaviy Pelega etib oldi
“Atletiko Mineyro” jamoasi futbolchisi Robino Libertadores kubogida Paragvayning “Libertad” jamoasiga qarshi bahsda gol kiritishning uddasidan chiqdi. Mazkur gol Robino uchun Libertadores kubogidagi 17-gol edi. Shu tariqa Robino 3 karra jahon chempioni Pelening rekordini yangiladi.
Yuqoridagi bahsda esa Robino to‘p suradigan jamoa 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
“Real”, “Manchester Siti” xamda “Milan” jamoalarining sobiq futbolchisi Lotin Amerikasining klublar miqyosidagi eng nufuzli turniri – Libertadores kubogida kiritgan 17 golining 14 tasini futbolchi “Santos”da o‘ynab yurgan kezlari kiritgan. Qolgan 3 ta gol esa hozirgi jamoasi tarkibida kiritilgan.
Fikrlar