
"Real"ning sobiq ustozi "Vest Xem"ni boshqarishi mumkin
Manuel Pellegrini yangi mavsumda Londonning “Vest Xem” klubida ish boshlashi mumkin.
Ta’kidlash lozimki 64 yoshli mutaxassis ayni damda Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubida faoliyat olib bormoqda. Uning ushbu jamoadagi yillik maoshi 12 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, "bolg‘achilar" bundan bir necha kun avval Devid Moyesni o‘z lavozimidan ozod etishgan edi. Pellergini esa o‘z vaqtida "Manchester Siti" va "Real" kabi grand jamoalarni boshqargan.
Fikrlar