"Roma" "Real" hujumchisini sotib oladi
“Roma” klubi rahbariyati qishki transferlar mavsumida “Real” hujumchisi Lukas Vaskesni jamoaga olib kelmoqchi.
Shu yil bahorida ham rimliklar 27 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan edi.
Ispaniyalik futbolchi jamoaga Xulen Lopetegi bosh murabbiy etib tayinlangandan keyin zaxirada qolib ketmoqda. “Roma” uni yanvarda xarid qilishga urinib ko‘radi.
Vaskes bu mavsum jami 5 o‘yinda maydonga tushgan. Uning shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar