"Roma" etakchisi bo‘lajak 3ta o‘yinda jamoasiga yordam berolmaydi
Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Daniele de Rossi bugun A Seriyaning 11-turidan o‘rin olgan “Fiorentina”ga qarshi hamda kelgusi hafta Chempionlar ligasining TsSKAga qarshi bahsini jarohati sabab o‘tkazib yuboradi.
Qayd etish kerakki, rimliklar ustozi Eusebio Di Francheskoning so‘zlariga ko‘ra de Rossi xatto 11 noyabr kuni chempionatning 12-turidan o‘rin olgan “Sampdoriya”ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tish lozimki, 35 yoshli italiyalik futbolchi A Seriyaning o‘tgan 10-turida “Napoli”ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jarohat olgan edi.
Fikrlar