
“Roma” yulduzlari jamoaga Kontening kelishini istamoqda
"Roma" direktori Franchesko Totti va jamoa sardori Daniele de Rossi italiyalik mutaxassis Antonio Konte bilan Rim klubini boshqarish bo‘yicha gaplashishdi.
"Roma" jamoaning hozirgi ustozi Eusebio Di Franchesko ishonch bildirishda davom etishini ma’lum qilgan, ammo mish-mishlarga ko‘ra, rimliklar unga o‘rinbosar qidiromda. Ayni damda unga Vinchentso Montella va Paulo Souza nomlari asosiy da’vogarlar safida e’tirof etilgan, biroq klub prezidenti Jeyms Palotta aynan Konteni taklif qilmoqchi.
Bu masala bo‘yicha yaqinda Totti telefon orqali Konte bilan bog‘langan. Shuningdek, jarohat sababli maydonga tusha olmayotgan De Rossi Italiya terma jamoasi sobiq ustozi bilan muloqotda bo‘lib turibdi.
Fikrlar