Rossiya delegatsiyasining Olimpiadadagi ishtiroki yuzasidan cheklovlar e’lon qilindi

CHERY AUTO

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) kelasi oy Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarida rossiyalik sportchilarning cheklovlari yuzasida belgilangan qoidalarni e’lon qildi. Ushbu qoidalarga ko‘ra, mamlakat sportchilari, avvalo, XOQning chiqargan qoidalarini hurmat qilishi va unga bo‘y sunishi kerakligi ta’kidlangan. 

Tecno
  • Rus sportchilari musobaqada XOQ bayrog‘i ostida ishtirok etadi va oltin medal olgudek bo‘lishsa, XOQning madhiyasi yangraydi. 
  • Atletlar va delegatsiya a’zolari  Rossiya Federatsiyasining davlat ramzlarini Olimpiya ob’ektlari ichida ko‘tarib yurishlari, ijtimoiy faolliklar orqali namoyishlari qilishi qat’iyan ta’qiqlanadi. Bayroqlardan faqat muxlislar tribunalarda foydalanishlari mumkin. 

Shuningdek, bir qator mayda qonunlar ham belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ularda delegatsiya a’zolarini Olimpiya ob’ektlari va mashg‘ulot hududlaridagi harakatlarini cheklashga qaratilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!