
Rozalina Xojieva stol tennisi bo‘yicha jahonda uchinchi bo‘ldi
Portugaliyada stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chellenjer musobaqasida umidli sportchimiz Rozalina Xojieva yakkalik bahslarida uchinchi o‘rinni egalladi.
Rozalina musobaqada mezbon sportchisi Selya Silvani 4:2 hisobida, eronlik Parinaz Xajilouni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib yarim finalga chiqdi. Biroq final yo‘llanmasi uchun o‘tgan bahsda terma jamoamiz bosh murabbiyasi Saida Mahmudovaning shogirdi Rozalina belgiyalik Lisa Lunga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa yosh tennischimiz musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun ushbu musobaqada dunyoning 16 mamlakatidan kelgan 150 sportchi g‘oliblik uchun raqobatlashmoqda.
Fikrlar