Ruslan Chagaev klipda suratga tushdi

  • 17.12.2017 13:34
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional ringda og‘ir vazn toifasining WBA talqini bo‘yicha sobiq jahon chempioni Ruslan Chagaev klipda suratga tushdi.

U yosh, iste’dodli xonanda Shahlo Ahmedova “Qani” deb nomlangan klipida suratga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagaev havaskorlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni (1997, 2001), havaskorlar boksi og‘ir vazn toifasida Osiyo va jahon chempioni (1998) hisoblanadi.

Professional ringda og‘ir vazn toifasining WBA (2007-2009) chempionlik kamari sohibi. 2014-2016 yillarda ushbu versiyada muntazam jahon chempioni hamda Panaosiyo boks assotsiatsiyasi (RAVA) versiyasi bo‘yicha Osiyo chempionliklarini qo‘lga kiritgan.

U faoliyati davomida 38 ta jang o‘tkazib, 34 g‘alaba (21 nokaut), 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. 2016 yil 17 oktyabrida bokschilik faoliyatiga yakun yasagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!