Ruslan Nurudinovning asosiy raqobatchisi JChda qatnashmaydi

BEPUL PROPAN

Axshobodda o‘tkazilayotga og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida ko‘pchilik sport muxlislarining nigohi yulduz sportchimiz Ruslan Nurudinovning chiqishiga qaratilishi tabiiy. 

Olimpiya o‘yinlarining rekordchisi bu musobaqada -109 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Qozog‘iston OAVlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ushbu mamlakatning etakchi sportchisi, Olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibi va jahon rekordchisi Ilya Ilin jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. 

Garchi diskvalifikatsiya muddati tugagan bo‘lsa ham sportchi medallar uchun kurashda ishtirok eta olmaydi. Bunga izoh berar ekan, Ilin umurtqa pog‘onasida jarohat borligini sabab qilib keltirib o‘tgan. Ushbu atlet Ashxobodga terma jamoa murabbiylar shtabi vakili sifatida tashrif buyurganini ham mu’lum qildi. Avvalroq uning ism-familiyasi -109 kg vazn toifasida bahs olib boradigan sportchilar qatorida keltirib o‘tilgan va ushbu atlet diskvalifikatsiya sabab Rio Olimpiadasini o‘tkazib yuborgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!