Sabina Sharipova “St.Petersburg Ladies Trophy– 2018” turnirini g‘alaba bilan boshladi
Rossiyada xotin-qizlar o‘rtasidagi “Premier” tasnifiga kiruvchi “St.Petersburg Ladies Trophy– 2018” turnirining saralash bahslarini mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova g‘alaba bilan boshladi.
U birinchi davrada ispaniyalik Lara Arruabarrenaga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni 3:6 hisobida boy berib qo‘ygan Sabina ikkinchi setda tay-brekda zafar quchdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinning so‘nggi setida tennischimiz 7:5 hisobida zafar quchdi.
Endi Sabina Sharipova musobaqaning navbatdagi bosqichida rossiyalik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar