Sabina Sharipova gruziyalik tennischi bilan finalda o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Musobaqaning yarim finalida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova rossiyalik Varvara Flinkka qarshi o‘yin o‘tkazib, 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Qozog‘istonning Ostona shahrida ayollar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda finalchilar nomi aniqlandi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida gruziyalik Ekaterina Gorgodze chexiyalik Mariya Bouzkovani 6:2, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Sabina va Ekaterina turnirning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida o‘zaro raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!