Sadio Mane uchun mavsum tugadimi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Liverpul” jamoasi yarim himoyachisi Sadio Mane joriy mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Senegallik futbolchi “Everton”ga qarshi (3:1) o‘yinda jarohat olib maydonni tark etgandi. Uning o‘rniga Divok Origi maydonga tushgandi. The Guardian, The Telegraph, Daily Mail va The Times nashrlarining ta’kidlashicha, “Liverpul” vakillari futbolchi og‘ir jarohat olganidan xavfsiramoqda.

Mane yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va o‘shanda jarohat qay darajada jiddiy ekaniga aniqlik kiritadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, tiklanish jarayoni 2 oygacha vaqt olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!