Sanega vaqt bering

  • 8 mart, 2017, 14:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

 

“Manchester Siti” murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga o‘tgan yili yozda qo‘shilgan germaniyalik Leroy Sane yaqin kelajakda kuchli futbolchiga aylanishini bashorat qilmoqda.

- Sanega ozgina vaqt kerak, - dedi Xosep Gvardiola. – Unga Rahim Sterling va Jon Stounz kabi APLda katta tajriba to‘plagan futbolchilar o‘z maslahatlari bilan yordam bermoqda. Yoshlar bilan ishlashning yaxshi tomoni shundaki, ular bir necha yil ichida juda kuchli futbolchilarga aylanadi.
 

Leroy Sane uchun “Manchester Siti” 42 million evro to‘lagan. Avvaliga APL o‘yinlarida qiynalgan futbolchi qisqa fursatda asosiy tarkibdan muqim joy oldi. Leroy 22 ta o‘yinda oltita gol urishga erishdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!