Sanjar Fayziev Qozondagi musobaqada g‘olib chiqdi

  • 27 yanvar, 2019, 22:03
  • 1
  • Tennis
CHERY AUTO

Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev finalgacha etib bordi va bosh sovrin egasiga aylandi. U turnir davomida Aleksandr Igoshin (Rossiya), Sergey Fomin (O‘zbekiston), Aleksander Vasilenko (Rossiya) kabi tennischilardan ustun kelib, finalgacha etib bordi. Bugun hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda boshqa bir mezbon tennischi Teymuraz Gabashviliga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 12 daqiqa davom etgan uchrashuvda Fayziev raqibini 6:3, 7:5 hisoblarida mag‘lub etdi va turnir g‘olibiga aylandi.

Tecno

sanjar-kazan-800x482

Musobaqada ishtirok etgan boshqa bir tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sergey Fomin o‘z ishtiroklarini ikkinchi davrada yakunladilar. Turnirning juftlik bahslarida rossiyalik Aleksander Vasilenko bilan birga ishtirok etgan Humoyun Sultonov finalgacha etib bordi va vitse-chempion unvoniga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
27/01/2019 22:54
Баракалло ребята))
Теннисдаям анча олдинга илдамламмиз.
Иродахон пайтларида эришган ютукларимиз узок вакт янгиланмаган эди.
Мана энди Истомин кетидан Файзиев хам турнир голиби булди.
Молодцы ребята.
Продолжайте в том же духе????????????