Sanjar Rashidov: O‘yindagi vaziyatlardan foydalana olganimizda...
Xabaringiz bor kecha mamlakatimizning bir qator shaharlarida Superliganing 17-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Jumladan, shu kuni Namanganda “Navbahor” Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahs 2:0 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so‘ng jizzaxliklar sardori Sanjar Rashidov o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Qiyin o‘yin bo‘ldi. Bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Agar foydalana olganimizda o‘yinda biz g‘olib bo‘lar edik. Raqiblar vaziyatlardan unumli foydalandi va natijada g‘alaba qozondi. Bugun stadionda "Navbahor" muxlislari ajoyib muxit yaratishdi. Buning uchun ularga alohida minnatdorchilik bildiraman” - deydi Rashidov.

Fikrlar