Sanjar avstriyalik tengdoshiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Xabaringiz bor, O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev Chexiyaning Pardubitse shahri mezbonlik qiladigan “Brno Open” turnirida ishtirok etmoqda. Kuni kecha hamyurtimiz ilk davrada Robin Stanek(Chexiya)ni 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.
Sanjar Chexiyadagi turnirni g‘alaba bilan boshladi
Ikkinchi bosqichda 22 yoshli tennischimizga avstriyalik Nenad Vladushich bilan bahs yuritdi. 22 yoshli Nenadga qarshi o‘yinda Sanjar 1 soat 14 daqiqa ichida raqibga bor-yo‘g‘i 6 ta geymni boy berdi va 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirning chorak finalida hamyurtimiz yana bir avstriyalik tennischi – Dennis Novak bilan kuch sinashadi.


Fikrlar