Sardor Sulaymonov: Maqsadimiz - g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish

  • 20.07.2018 09:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha mamlakatimizning bir qator shaharlarida Superliganing 17-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Jumladan, shu kuni Namanganda “Navbahor” Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahs 2:0 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so‘ng maydon egalari hujumchisi Sardor Sulaymonov o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi uchrashuv oson kechgani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, maydonda murabbiylarimizning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda harakat qilib, zafar quchdik.

To‘g‘ri, avvalo maydonda ustozimiz Ilhom Ibragimovichning ko‘rsatmalariga amal qilamiz. Mabodo urinishlarimiz besamar chiqib, shovqin  sababli, ustozimizning bevosita o‘yin paytidagi ko‘rsatmalari yoki taktik o‘zgarishlarini yaxshi anglay olmaydigan bo‘lsak, uchrashuvning kechishidan kelib chiqib, taktikani o‘zgartirib ko‘rishga intilamiz. Barcha harakatlarimiz g‘alaba qozonib, muxlislarga xursandchilik ulashishga qaratilgan", - deya ta’kidladi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!