
Sarri "Chelsi" rahbariyatidan Iguainni sotib olishni so‘ramoqda
Londonning "Chelsi" klubi mavsumni ijara asosida "Milan"da davom ettirayotgan "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainni sotib olishi mumkin.
Mediaset tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchini sotib olishni shaxsan “aristokratlar” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa rahbariyatidan so‘ramoqda. Eslatib o‘tish lozimki, Iguain “Napoli”da ayna Sarri qo‘l ostida to‘p surgan edi.
Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum “rossonerilar” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar