
Sarri: "Yuventus"ni quvib o‘tish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz
"Napoli" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri kecha A Seriya doirasida bo‘lib o‘tgan "Udineze"ga (4:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Endi “Yuventus”ni quvib o‘tish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. To‘g‘ri, Turinda g‘alaba qozonish juda qiyin, chunki “Yuventus” Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri”, - deydi Sarri.
Eslatib o‘tish lozimki, kecha “Yuventus” “Krotone” (1:1) maydonida ochko yo‘qotganidan so‘ng neapolliklar bilan oradagi farq 4taga etdi va tabiiyki “Napoli”da ham chempionlik uchun umid uyg‘ondi.
Ma’lumot uchun, “Napoli” navbatdagi turda Turinda “Yuventus” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 22 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.
Fikrlar