Sensatsiya! PSJni tiz cho‘ktirgan “Barselona” safarda “Deportivo”ga yutqazib qo‘ydi

  • 12 mart, 2017, 22:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Ispaniya chempionati 27-turida “Barselona” safarda “Deportivo” mehmoni bo‘ldi. Ushbu o‘yinda kataloniyaliklar kutilmaganda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida Jozelu hisobni ochgan bo‘lsa, 46-daqiqada Luis Suares muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 74-daqiqada Alexandro Bergantinos “Deportivo”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, PSJni tiz cho‘ktirib, fantastik natija qayd etgan “Barselona” kutilmaganda La Ligada kuchsiz raqibga engildi.

Deportivo – Barselona 2:1

Gollar: 1:0 – 40 Xoselu, 1:1 – 46 Suares, 2:1 – 74 Bergantinos.

Deportivo – Lyuks, Arribas, Albentosa, Navarro, Xuanfran (Laure, 86), Bergantinos, Borxes, Fajr, Gama (Kakuta, 71), Xil (Cholak, 62), Xoselu.

Barselona – ter Stegen, Maskerano, Pike, Alba, Andre Gomesh (Rakitich, 58), Serji Roberto, Denis Suares (Pako Alkaser, 77), Buskets, Turan (Inesta, 58), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Navarro (14), Xoselu (36).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!