
Serbiya terma jamoasining JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
Mladen Krstaich boshchiligidagi murabbiylar shtabi Serbiya terma jamoasining JCh-2018da ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Vladimir Stoykovich ("Partizan"), Marko Dmitrovich ("Eybar"), Predrag Raykovich ("Makkabi Tel-Aviv"), Aleksandar Yovanovich ("Orxus");
Himoyachilar: Aleksandar Kolarov ("Roma"), Branislav Ivanovich ("Zenit"), Dushko Toshich ("Guanchjou Fuli"), Antonio Rukavina ("Vilyarreal"), Matiya Nastasich ("Shalke"), Milosh Velkovich ("Verder"), Milan Rodich ("Tsrvena Zvezda"), Urosh Spayich ("Krasnodar"), Nikola Milenkovich ("Fiorentina");
Yarim himoyachilar: Nemanya Matich ("Manchester Yunayted"), Sergey Milinkovich-Savich ("Latsio"), Luka Milivoevich ("Kristal Pelas"), Adem Lyayich ("Torino"), Miyat Gachinovich ("Ayntraxt"), Marko Gruyich ("Kardiff"), Nemanya Maksimovich ("Valensiya"), Nemanya Radonich ("Tsrvena Zvezda"), Dushan Tadich ("Sautgempton"), Filip Kostich ("Gamburg"), Andriya Jivkovich ("Benfika");
Hujumchilar: Aleksandar Mitrovich ("Fulxem"), Aleksandar Priyovich (PAOK), Luka Yovich ("Ayntraxt").
Eslatib o‘tamiz, Serbiya terma jamoasi guruh bosqichida Kosta-Rika, Shveytsariya va Braziliya terma jamoalariga qarshi bahs yuritadi.
Fikrlar