Sergey Fomin xalqaro turnir g‘olibi

Namanganda o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnirda umidli tennischimiz Sergey Fomin bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

U musobaqada xitoylik Pengyu Luni 7:6, 6:2, turkiyalik Berk Ilkelni 6:1, 6:4, isroillik Aleksander Gaponenkoni 4:6, 7:6, 6:3, rossiyalik Alibek Kachmazovni 6:1, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Finalda Sergey yana bira turkiyalik tennischi Emir Sendoganga qarshi kortga chiqdi va 6:2, 6:1 hisobida engdi. Uning bu g‘alabasi nufuzli turnirdagi bosh sovrinni olib keldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!