"Sevilya" navbatdagi transferini e’lon qildi

  • 12 yanvar, 2019, 09:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Maksimilian Veber faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishdi. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bilanoq shartnoma imzolanadi. 20 yoshli avstriyalik futbolchining transferi andalusiyaliklarga 10,5 mln evroga tushadi.

Ma’lumot uchun, Veber amsterdamliklar safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 39ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Avstriya terma jamoasi safida esa 1ta uchrashuv o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" bundan avvalroq "Barselona" forvardi Munir El-Xaddadini sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!