
Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralar boshlandi
"Kremoneze" klubi Eldor Shomurodovning transferini muhokama qilish uchun "Roma" bilan muzokaralar boshladi. Bu haqda "Rete Sport"ga tayangan holda "Roma Press" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi Dovbikning o‘rinbosari sifatida yaxshi mavsumni o‘tkazgandan so‘ng, Rim klubini tark etishga tayyorlanmoqda.
Chet el jamoalaridan ko‘plab takliflar olishiga qaramay, "Jenoa" va "Kalyari"da ham to‘p tepib Italiya futbolida anchagina tajriba to‘plagan futbolchi A Seriyada qolishni ma’qul ko‘rmoqda va "yo‘lbarslar" unga taklif bilan chiqqan.
Yaqinda oliy divizionga ko‘tarilgan "Kremoneze" tajribali hujumchilarni izlamoqda va Shomurodov jismoniy tayyorgarligi, ko‘p qirrali o‘yinchiligi va Italiya chempionatini yaxshi bilishi bilan ideal nomzod hisoblanadi.
"Roma" Shomurodovning transferini taxminan 8 million evroga baholamoqda. Voqealar yaqin kunlarda rivojlanishi kutilmoqda, shu bilan birga hujumchining mazkur transferga ochiqlik bilan yondashishi tomonlarni kelishuvga yaqinlashtirish uchun muhim signal bo‘ldi.
Fikrlar