
“Real” Trentdan keyin yana “Liverpul”ning top-o‘yinchisini tekinga olib ketmoqchi
“Real” yaqinda “Liverpul”ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander Arnoldni erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritdi. Aslida madridliklar bu o‘yinchiga ancha oldin aloqaga chiqqan va Madridga taklif etgan edi.
Shu bois, Trent liverpulliklar bilan muzokara o‘tkazganiga qaramay, hamkorlikni uzaytirmadi. “Qirollik klubi” endi xuddi shu usulni boshqa himoyachi Ibrohim Konatega qo‘llamoqchi.
Liverpulliklarning muhim o‘yinchisi hisoblangan Konatening shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. O‘yinchi uni “Real” kutayotganini biladi. “Liverpul” o‘yinchi bilan yangi bitim tuzish bo‘yicha harakatni boshlab yuborgan.
Biroq muzokaralar hali samara bermadi va bu vaziyat Angliya chempionlarini jiddiy tarzda bezovta qila boshladi.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, madridliklarning asl maqsadi 26 yoshli himoyachini kelasi yozda bepul transfer qilishdan iborat. Biroq vaziyatga qarab, “Qirollik klubi” shu yoz ham transfer bo‘yicha liverpulliklarga taklif yuborishi mumkinligi aytilyapti.
Fikrlar