Shahram Ahadov Tbilisi Gran-prisining sovrindori bo‘ldi

  • 30 mart, 2018, 23:09
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining birinchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Quvonarlisi, musobaqaning ilk kuni terma jamoamiz uchun omadli o‘tdi. 

-66 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan vakilimiz Shahram Axadov shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Shahram chorak finalgacha yo‘lni muvoffaqiyatli bosib o‘tdi. Afsuski, bu bosqichda braziliyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qur’a esa unga o‘tish bahsi va bronza medali uchun kechadigan bellashuvda mezbon sportchilarni ro‘baro qildi. Bu qarama-qarshiliklarda ustun kelgan Ahadov yakunda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarila oldi. Ta’kidlash joiz, bu uning uchun ikkinchi musobaqa musobaqa va o‘z ishtirok etayotgan bu turnirda ham medal bilan qaytadigan bo‘ldi. 

"Shogirdimning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shuni aytishimi mumkinki, Shahramdan bugun faqat oltin medal kutgandim. Afsuski, bronza medali bilan cheklandik. Nolimaymiz va o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz. Uni mag‘lub etgan braziliyalik kurashchi ham ancha tajribali edi. Va’da beraman, agar shogirdim u bilan yana to‘qnash keladigan bo‘lsa, butunlay boshqacha dzyudo ko‘rsatadi va uni, albatta, mag‘lub etadi", – deydi murabbiy Mirali Sharipov. 

-60 kg vazn toifasida bellashgan vakilimiz Doniyor Sultonboev bu gal ettinchi pog‘ona bilan cheklandi. Eslatib o‘tamiz, ertanggi kun dasturida hamyurtlarimizdan G‘iyosjon Boboev hamda Sharofiddin Boltaboev ham medallar uchun kurashda ishtirok etishadi. Ushbu vakillarimizga ham omad yor bo‘lsin! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!