Sherzod Tashmatov: Bokschilarimizning vatanparvarligi, irodasi va yuksak axloqiy qadriyatlari - bizning asosiy muvaffaqiyatimizdir

  • 25 oktabr, 2017, 14:22
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Sherzod Tashmatov nafaqat o‘z mamlakatida, balki qit’a va jahon miqyosida boks sport turini rivojlanishi va ommalashishida muhim rolga ega bo‘lgan shaxslardan biri hisoblanadi. Sherzod Tashmatov shuningdek, AIBA ijroiya qo‘mitasi a’zosi va Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti sifatida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston 1991 yilda Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqach, jahonda boks bo‘yicha eng yaxshi mamlakatlar safiga qo‘shildi. O‘zbek o‘g‘lonlarining Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritgan zafarlari O‘zbekiston terma jamoasi uchun reytingda 1-o‘rinni olib berdi.

Keling boks mamlakatiga allaqachon aylanib ulgurgan O‘zbekistonda ushbu sport turiga bo‘lgan e’tibor va qo‘lga kiritlgan zafarlar haqida Sherzod Tashmatovning o‘zidan bilib olsak.

- Bir necha o‘n yillardan buyon mamlakatimizda boksni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor rejalar amalga tadbiq etilmoqda. Shu vaqt mobaynida O‘zbek boks maktablarida kamol topgan etakchi bokschilarimiz Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlarida ko‘plab nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda ushbu sport turi nafaqat muxlislarni, balki butun O‘zbekiston xalqining sevimli sport turiga aylanib ulgurgan.

O‘zbekiston boks federatsiyasi 1994 yilda tashkil topganidan buyon O‘zbekistonda boks sport turini yanada rivojlantirish uchun barcha ishlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda bevosita markaz bilan ishlash amaliyotini yo‘lga qo‘ygan Federatsiyaning tarkibida 14 mintaqaviy vakolatxona va 60 dan ortiq sport klublari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Federatsiya har yili bokschilarning barcha toifalari: elita, yoshlar, o‘smirlar va maktab o‘quvchilari o‘rtasida mamlakat chempionatlarini muntazam ravishda o‘tkazib kelmoqda. Murabbiylik infratuzilmasi tuzib chiqilib, boks sport turining moddiy-texnika bazasi yanada taraqqiy topdi. Muntazam ravishda mamlakatning barcha hududlarida turli yosh toifalardagi musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.

So‘nggi ikki yil davomida Federatsiya ayollar boksini faol tarzda rivojlantirmoqda: jamoa shakllantirildi, mamlakat chempionatlari o‘tkazildi, ayollar jamoasini moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minoti ko‘zda tutilmoqda. Har yili bir nechta xalqaro boks turnirlari - boks asoschisi Sidney Jekson xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir va mamlakatning boshqa shaharlarida boks musobaqalari tashkil etilmoqda.

Hozirda boks infratuzilmasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda - so‘nggi yillarda mamlakatda zamonaviy ringlar bilan jihozlangan ko‘plab maxsus boks zallari paydo bo‘ldi. Bokschilarni zarur uskunalari va jihozlari ta’minlash ishlari jadal ravishda amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish zarur, Federatsiya hakamlar, murabbiylar va sport mutaxassislari uchun maxsus treninglar o‘tkazib kelmoqda.

Federatsiya bokschilarning salomatligini mustahkamlashga, sportchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yanada oshirishga, zamonaviy tibbiy va farmakologik ko‘makka, bokschilarni muntazam ravishda tibbiy va ruxiy tekshiruvlardan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Bularning barchasi bizning mamlakatda tobora o‘sib borayotgan boksning ommalashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, hozirgi kunda boks sport turini yanada taraqqiy etish yo‘lida 20 mingdan ortiq odamlar faol tarzda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

2015 yili Dohada bo‘lib o‘tgan AIBA jahon chempionatida 56 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Murodjon Ahmadaliev, Fazliddin Gaibnazarov (64 kg)va Bektemir Meliqo‘ziev (75 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi va sovrindorlar qatoridan joy egallashdi. Shuningdek, ushbu musobaqada Elnur Abduraimov (64 kg), Elshod Rasulov (81 kg) Bahodir Jalolov (91 kg) bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Bu medallar ularga Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini taqdim etdi.

Bokschilarimizning 2016 yili Rioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi zafarli odimlari O‘zbekiston tarixida zarhal harflar ila yozib qo‘yildi. Dastlab, Hasanboy Do‘smatov (49 kg), so‘ngra, Shahobiddin Zoirov (52 kg) Fazliddin G‘oibnazarov (64 kg) o‘z vazn toifalarida tengsiz deb topildi va olimpiya chempionligini qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari, barcha boks ixlosmandlarining yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Shaxram Giyasov (69 kg) va Bektemir Meliqo‘ziev (69 kg) olimpiya o‘yinlarining kumush medal sovrindori, Murodjon Ahmadaliev (56 kg) hamda Rustam To‘laganov (91 kg) bronza medali sohibi aylanishdi.

2017 yilda Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin, uchta kumush va ikkita bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Ushbu medallar shodasi yakuniy medallar reytingda mamlakatimizga ikkinchi o‘rinni olib berdi. Shahram G‘iyasov (69 kg) Germaniyadan jahon chempioni bo‘lib qaytib keldi. Hasanboy Dusmatov (49 kg), Jasurbek Latipov (52 kg) va Ikboljon Xoldorov (64 kg) kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bektemir Meliqo‘ziev (81 kg) hamda Sanjar Tursunov (+91 kg) bronza medallar bilan taqdirlandi.

Boks Federatsiyasining kelajak uchun qanday istiqbolli strategik rejalartuzib chiqmoqda?

- O‘zbekiston Boks Federatsiyasining rahbariyati bokschilarimizning dunyo reytingidagi etakchiligini saqlab qolish maqsadida aniq strategik rejalarni ishlab chiqish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Bu jarayonda milliy terma jamoamizga yosh va iqtidorli bokschilarni jalb etish, mamlakatimizning turli hududlarida yuksak salohiyatga ega bokschilarni kashf etish, ularning xalqaro miqyosda tajriba va mahoratlarini oshirish kun tartibidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu yo‘lda talabalarning muvaffaqiyatga etaklay oladigan va ularning to‘g‘ri ta’lim olishiga o‘zining beminnat xizmatini qo‘sha oladigan jonkuyar murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.

O‘zbekiston boks federatsiyasi ko‘magida turli yoshdagi bokschilar o‘rtasidagi boks musobaqalarini tashkil etish orqali ular orasidagi iqtidorli jangchilarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turli xil yosh toifasidagi bokschilarimiz uchun etarlicha tajribaga ega bo‘lishlari uchun bir qator xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratilmoqda. O‘z o‘rnida ushbu sayi harakatlar milliy terma jamoamiz tarkibini yanada boyitish muhim jihatlardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda o‘zbek boks maktabi va O‘zbekiston boks federatsiyasi har bir jabhada muvoffaqiyatli odimlamoqda. Keyingi yillarda Boks Federatsiyasiniisloh etish yo‘lida tajribali mutaxassislar, murabbiylar va xodimlar ish olib borishmoqda. Iste’dodli bokschilarni tanlashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, selektsiya ishlarida mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi bokschilar ham nazardan chetda qolmaydi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi turli xil chempionatlarni tashkil etish uchun etarli shart-sharoitlarni yaratib kelmoqda. So‘nggi yillarda janglarida adolatli hakamlikni yo‘lga qo‘yish uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har bir jang davomida ring atrofiga to‘rtta video kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u tajribali ekspertlarning maxsus komissiyasi tomonidan tahlil qilinadi. Qolaversa, janglar tog‘ridan-to‘g‘ri ravishda boks zallaridan turib jonli efirda namoyish etish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, ishonch telefonlari tashkil etish tajribasi ham olib borilmoqda. Hakamlar tomonidan adolatsiz qarorlar chiqarilgan hollarda, siz ma’lum bir telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz va hakamlar ustidan o‘z e’tirozlaringizni bildirishingiz mumkin. So‘rovingizni maxsus komissiya tomonidan ma’lum bir belgilangan vaqt davomida ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi har bir viloyatdan bokschilarni jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu raqobatni kuchaytiradi va yangi nomlarning paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Qisqacha qilib aytganda, bugungi kunda terma jamoa uchun bokschilarni tanlashning ochiq tizimi yaratiladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasining strategik rejalari orasida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish vazifalari ham mavjud. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy darajadagi WSB turnirlarining bosqichma-bosqich uchrashuvlari, Osiyo chempionati va boshqa xalqaro musobaqalar o‘tkazildi.

Yaqin kelajakda turli yosh toifalardagi jahon chempionatlari va qit’a chempionatlarini mamlakatimizda o‘tkazish rejalashtirilgan. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud. Eng muhim vazifalardan biri elita bokschilar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritish.

O‘zbek boksining kuchli tomonlari nimada deb o‘ylaysiz? Shuningdek, ushbu sport turini mamlakat miqyosida rivojlantirish uchun qanday to‘siqlar yoki muammolar bor?

- O‘zbek bokschilarining muvaffaqiyatini ta’minlaydigan bir qancha omillar mavjud. O‘z navbatida, O‘zbekistonda iste’dodli yoshlarning juda ham ko‘pligini ta’kidlash lozim. Ayni paytda boks mamlakatdagi eng ommabop sport turlaridan biri hisoblanadi va bu sport bilan shug‘ullanayotganlar soni yil sayin oshib bormoqda. Qisqacha qilib aytganda, mamlakat asosiy bazasiga ega va ular iqtidorli bokschilarni tarbiyalash qobiliyatiga egadir.

Mamlakatimizda oliy toifadagi bokschilarni munosib tarzda tayyorlash uchun alohida mexanizm ishlab chiqilgan. Yurtimizda turli xil boks maktablari va to‘garaklari mavjud. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik tajribali murabbiylar ulkan salohiyatiga ega. Ta’kidlash joizki, bizning murabbiylarimiz tarbiyalagan bokschilar dunyo arenalarida nimalarga qodir ekanliklarini isbotlab kelmoqda.

Bizning bokschilarimiz yuqori texnika, kuchli himoyalanish va tezkor zarba berish orqali mukammal jangler o‘tkazmoqdalar. Shuningdek, mashg‘ulot jarayonlarida ularning jismoniy imkoniyatlarini yanada kuchaytirish va ularning chidamliligini oshirishga katta e’tibor qaratiladi. Buning uchun yil davomida muntazam ravishda mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

O‘zbek boksining yana bir muhim jihati sifatida bokschilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishdir. Har bir vazn toifasida eng kamida uch nafar bokschi terma jamoadagi yagona o‘rin uchun kurash olib boradi.

Eng muhimi, o‘zbek bokschilarining g‘ururliligi, vatanparvarligi, irodasi, mehnatsevarligi va yuqori axloqiy qadriyatlari yuksak maqsadlarga erishishning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

The Sokhibov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!