Tezkor: Husanovning ahvoli bo‘yicha ma’lumot chiqdi!

  • 7 sentabr, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining uchinchi turida “Brayton”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 85-daqiqasida shikastlangani uchun zaxiraga olingan edi.

Tecno

Keyinchalik o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar 21 yoshli legionerning chap oyog‘i mushaklari jarohatini tasdiqladi.

Tibbiyot bo‘limi mutasaddilari maslahatlashgan holda Husanovni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlariga yubormaslikka qaror qildi.

Ma’lumki, 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari davomida sakkizta mamlakat terma jamoalari ishtirokida o‘tkazilayotgan “CAFA Nations Cup 2025” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.

Bu musobaqa o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari mundialga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini o‘tab berishi bilan ahamiyatli.

Ta’kidlash joizki, Angliya futboli ekspertlari Husanovning jarohat olib, safdan chiqqanini Manchester derbisi oldidan katta yo‘qotish sifatida baholandi. Chunki “shaharliklar” mezbonlik qiladigan to‘rtinchi tur uchrashuvida o‘z shahrida mehmon sifatida o‘ynaydigan Ruben Amorimning “Manchester Yunayted”i  asosiy e’tiborini himoyaga qaratgan holda qarshi hujumlarga tayanib harakat qiladi.

Bunday o‘yin uslubida Xosep Gvardiolaga Abduqodir Husanovning tezkorligi, kurashuvchanligi va maydonni yaxshi ko‘ra olish qobiliyati juda qo‘l kelishi ta’kidlanmoqda.

Shu bois, “Siti” shifokorlari o‘zbek futbolchisini tezroq oyoqqa turg‘azishga harakat qilyapti. Qolaversa, Angliya terma jamoasiga chaqirtirilgan Jon Stounzning ham jarohat tufayli klubga qaytarib yuborilgani Gvardiolaga qo‘shimcha bosh og‘riq bo‘ldi.

Manchester Evening News nashri jurnalisti Tayron Marshall Abduqodir Husanovning to‘liq davolanishi ikki hafta vaqt olishini ma’lum qildi. Bu borada FIFA kunlari munosabati bilan e’lon qilingan qisqa muddatli tanaffus “shaharliklar” uchun ayni muddao bo‘ldi.

- Endi “Manchester Siti”ning bor umidi Abduqodir Husanovning Manchester derbisigacha oyoqqa turishi bilan bog‘langan. Ikki haftalik hordiq va davolanishdan keyin yosh himoyachida maydonga qaytish imkoniyati yuqori, - deb yozdi  somosfanaticos.fans sayti.  

Angliyadan olingan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Husanovning davolanish jarayoni yaxshi davom etmoqda va himoyachimiz tez kunlarda individual mashg‘ulotlarni boshlaydi. Shundan so‘ng, legionerimiz umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi va “Manchester Yunayted” bilan bo‘ladigan bahsga tayyorgarlik ko‘radi. Bu albatta, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun ham xushxabar.

Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi uchrashuv 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Husanov yana bir raqobatchidan qutiladi

Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

Xoland avtobusga urildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
07/09/2025 22:25
Abduqodir sog‘-salomat bo‘lib, sog‘ayib, futboldagi faoliyatini davom ettirsin.