
Jahon chempionati. Bugungi bahslardan 5 nafar bokschimizning janglari o‘rin olgan
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida jahon chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda.
Bugungi bahslardan ham 5 nafar bokschimizning uchrashuvlari o‘rin olgan.
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Pavan Bartval (Hindiston);
-80 kg: Javohir Ummataliev - Nikodem Kozak (Polsha);
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Boyana Goykovich (Chernogoriya);
-70 kg Aziza Zokirova - Regina Lakos (Vengriya);
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev -Jianxao Ju (Xitoy).
Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 15:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar